Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Najm — Ayah 32

53:32
ٱلَّذِينَ يَجۡتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلۡإِثۡمِ وَٱلۡفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلۡمَغۡفِرَةِۚ هُوَ أَعۡلَمُ بِكُمۡ إِذۡ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلۡأَرۡضِ وَإِذۡ أَنتُمۡ أَجِنَّةٞ فِي بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمۡۖ فَلَا تُزَكُّوٓاْ أَنفُسَكُمۡۖ هُوَ أَعۡلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ ٣٢
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.1
Footnotes
  • [1] (Oyatdagi «Lamam» so`zini biz «kichik gunohlar» deb tarjima qildik. Aslida, «lamam» so`zi «oz», «kichik» ma'nolarini anglatadi. «Kichik gunoh» iborasi eng munosib ma'nodir. «Fahsh ishlar» iborasi qabihligi katta ish va so`zlarga nisbatan ishlatiladi. Shariatda «katta gunoh» deb Alloh haromligini bayon qilgan va yoki jazosi belgilangan gunohlarga aytiladi. O`g`rilik, odam o`ldirish va zino kabilar.)