Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hadid — Ayah 25

57:25
لَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا رُسُلَنَا بِٱلۡبَيِّنَٰتِ وَأَنزَلۡنَا مَعَهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَٱلۡمِيزَانَ لِيَقُومَ ٱلنَّاسُ بِٱلۡقِسۡطِۖ وَأَنزَلۡنَا ٱلۡحَدِيدَ فِيهِ بَأۡسٞ شَدِيدٞ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعۡلَمَ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥ وَرُسُلَهُۥ بِٱلۡغَيۡبِۚ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٞ ٢٥
Darhaqiqat, Biz Payg`ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O`ziga va Payg`ambarlariga g`oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.1
Footnotes
  • [1] (Oyati karimada Alloh subhanahu va taolo O`z payg`ambarlariga yubordim deyayotgan ravshan, ochiq-oydin narsalar — mo`'jizalar, shariat ahkomlari, oyatlar bo`lishi mumkin. Ushbu oyat tushgan vaqtidayoq musulmonlarni temirga e'tibor berishga, undan samarali foydalanishga da'vat qilgan edi. Temirning odamlar uchun manfaatini sanab tugatib bo`lmaydi. Oyatning oxiridagi jumlada bir-ikki nozik ma'no bor. Jumladan, temirdan yasalgan asboblarni ishlatib, Allohga va Uning payg`ambarlariga yordam beruvchilarni bilishi uchun, degan ishora. Ma'lumki, Alloh ilmining chegarasi yo`q — hamma narsani ro`y berishidan avval bilib turadi. Lekin bu oyatdagi «bilishi»ni yuzaga chiqarishi, xaloyiqqa bildirishi deb tushunmoq kerak. Shuningdek, «g`oyibona» so`zi ham Allohni va Uning payg`ambarlarini ko`rmasdan turib ularni diniga yordam beringlar, deb sharhlanadi.)