Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 11

22:11
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعۡبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرۡفٖۖ فَإِنۡ أَصَابَهُۥ خَيۡرٌ ٱطۡمَأَنَّ بِهِۦۖ وَإِنۡ أَصَابَتۡهُ فِتۡنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجۡهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنۡيَا وَٱلۡأٓخِرَةَۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلۡخُسۡرَانُ ٱلۡمُبِينُ ١١
Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.1
Footnotes
  • [1] (Islom tijorat emaski, unga o`tkinchi foydani ko`zlab kirilsa. Islom — iymon, e'tiqod, Allohga bandalik qilish, Uning yo`lida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish demakdir. Ana o`sha sinovlardan o`tganlar ikki dunyo baxtiga sazovor bo`ladilar. Ammo Islomga muayyan foydani ko`zlab kirgan, o`sha foydaga erishsa, xursand bo`lib, erishmasa, dinni tark etib, yuz o`girib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon ko`rishlari muqarrar. Aslini olganda munofiq, Islomdan, Allohdan yuz o`girib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?)