Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 23

22:23
إِنَّ ٱللَّهَ يُدۡخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٖ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ يُحَلَّوۡنَ فِيهَا مِنۡ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٖ وَلُؤۡلُؤٗاۖ وَلِبَاسُهُمۡ فِيهَا حَرِيرٞ ٢٣
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.1
Footnotes
  • [1] (Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qur'oni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Jahannamda olovning azobiga qo`shimcha qilib, o`ta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bog`lar ostidan muzdek zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Do`zaxilarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatilarga ipakdan ko`ylak kiydiriladi. Do`zaxilar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatilarga oltin va injulardan bezak taqilgan.)