Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 29

22:29
ثُمَّ لۡيَقۡضُواْ تَفَثَهُمۡ وَلۡيُوفُواْ نُذُورَهُمۡ وَلۡيَطَّوَّفُواْ بِٱلۡبَيۡتِ ٱلۡعَتِيقِ ٢٩
So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.1
Footnotes
  • [1] (Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan, uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar. Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo`lsa ham, kelsinlar. Yo`l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo`ladi, o`zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Haj mavsumning avji, iyd kunlari bo`lib, unda zikr qurbonlik so`yish jarayonida yana avjlanadi. Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o`zi yesa ham bo`ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo`ladi. Qurbonlik qilib bo`lganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat bo`ladi, ehrom vaqtida mumkin bo`lmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qo`ltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda «... o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu. «Qadimgi uy»dan murod Ka'batulloh. Bu tavofni farz tavof, ifoza tavofi, deyiladi. Bu tavofsiz haj haj bo`lmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.)