Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 41

22:41
ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُواْ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَنَهَوۡاْ عَنِ ٱلۡمُنكَرِۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلۡأُمُورِ ٤١
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.1
Footnotes
  • [1] (Oyati karimadagi «Ularga Yer yuzida imkon bersak» jumlasidan «makon bersak» ma'nosi ham tushuniladi. Bunga qo`shimcha «Er yuzida nusrat, g`alaba bersak» ma'nolari ham chiqadi. Diyorlaridan «Robbimiz Alloh» deganlari uchun chiqarilgan musulmonlarga Yer yuzida makon, nusrat, g`alaba — imkon bersak: Xovliqib ketmaydilar, balki Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladilar, u bilan bog`lanishni kuchaytiradilar. Alloh xohlagan oqibatini keltirib chiqaradi. Xohlasa, mag`lubiyatni ham g`alabaga aylantirib yuboradi.)