Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 5

22:5
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمۡ فِي رَيۡبٖ مِّنَ ٱلۡبَعۡثِ فَإِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن تُرَابٖ ثُمَّ مِن نُّطۡفَةٖ ثُمَّ مِنۡ عَلَقَةٖ ثُمَّ مِن مُّضۡغَةٖ مُّخَلَّقَةٖ وَغَيۡرِ مُخَلَّقَةٖ لِّنُبَيِّنَ لَكُمۡۚ وَنُقِرُّ فِي ٱلۡأَرۡحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٖ مُّسَمّٗى ثُمَّ نُخۡرِجُكُمۡ طِفۡلٗا ثُمَّ لِتَبۡلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمۡۖ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرۡذَلِ ٱلۡعُمُرِ لِكَيۡلَا يَعۡلَمَ مِنۢ بَعۡدِ عِلۡمٖ شَيۡـٔٗاۚ وَتَرَى ٱلۡأَرۡضَ هَامِدَةٗ فَإِذَآ أَنزَلۡنَا عَلَيۡهَا ٱلۡمَآءَ ٱهۡتَزَّتۡ وَرَبَتۡ وَأَنۢبَتَتۡ مِن كُلِّ زَوۡجِۭ بَهِيجٖ ٥
Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir.1
Footnotes
  • [1] (Sizning otangiz Odamni tuproqdan yaratganmiz. Inson yo`q edi. U otasining nutfa-spermasidan dunyoga keldi. Oddiy ko`zga ko`rinmas ushbu maniy hayvonchalar bilan barkamol inson orasida qancha farq bor?! Ana shu zarradan odam yaratgan Xoliq Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?! Qur'oni Karimda «alaqa» deb nomlangan bosqichdagi homila zulukdek bachadonga yopishib turishi ma'lum bo`ldi. Alaqaning suvrati haqiqiy zuluk bilan solishtirilsa, ularni farqlab bo`lmaydi. Xo`sh, o`sha zulukka o`xshash qotgan laxta qon bilan inson orasida qancha farq bor? Homila rivojlanib, alaqa-laxta qon shaklidan bir parcha chaynalgan go`sht holiga o`tadi. Ana o`shanda unga shakl kiradi. Shakl kirsa, bitgan bo`ladi. Shakl kirmasa, bitmagan bo`ladi, bachadondan tushib ketadi. Hech kim uni eslamaydi ham. Endi, o`sha bir parcha chaynalgan go`shtga o`xshash narsa bilan inson orasida qancha farq borligini bir o`ylab ko`raylik? O`sha go`shtdan inson yaratgan Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?!)