Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 52

22:52
وَمَآ أَرۡسَلۡنَا مِن قَبۡلِكَ مِن رَّسُولٖ وَلَا نَبِيٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلۡقَى ٱلشَّيۡطَٰنُ فِيٓ أُمۡنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلۡقِي ٱلشَّيۡطَٰنُ ثُمَّ يُحۡكِمُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٞ ٥٢
Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bo`lsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. So`ngra, Alloh O`z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh o`ta bilguvchi va hikmatli Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Lug`at jihatidan qaraydigan bo`lsak «Tamanniy» so`zi arab tilida «oliy orzu» (ajnabiy tildagi «ideal») ma'nosini anglatadi. Shuning uchun ham oyati karima ma'nosini tarjima qilishda bu so`zni shu holda qoldirishni ravo ko`rdik. Ushbu oyati karimada, bu oliy orzu boshqa Rasul va Nabiylarda ham bo`lganligi, bu ko`proq shayton tomonidan noto`g`ri fikr yoki holatlarga olib borishi mumkinligi, ammo Alloh doimo O`zi payg`ambarlarni bundan saqlab kelganligi aytilmoqda. Ushbu holat Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hayotlarida bir necha marta ko`rilgan.)