Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 66

22:66
وَهُوَ ٱلَّذِيٓ أَحۡيَاكُمۡ ثُمَّ يُمِيتُكُمۡ ثُمَّ يُحۡيِيكُمۡۗ إِنَّ ٱلۡإِنسَٰنَ لَكَفُورٞ ٦٦
Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir.1
Footnotes
  • [1] (Insonga hayot berib, uni yo`qdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Ana shu Zotga shukr qilib, Unga iymon keltirib, Uning ibodatini qilsa, bo`lmasmidi?! Bu dunyoda yashab yurgan insonni o`ldiradigan kim?! Albatta, Alloh! O`lganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni so`roq-savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson o`sha kunga tayyorgarlik ko`rsa bo`lmasmidi?! «Albatta, inson o`ta noshukrdir». Shuning uchun ham Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning ko`rsatgan yo`lidan yurmaydi.)