Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Hajj — Ayah 73

22:73
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٞ فَٱسۡتَمِعُواْ لَهُۥٓۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخۡلُقُواْ ذُبَابٗا وَلَوِ ٱجۡتَمَعُواْ لَهُۥۖ وَإِن يَسۡلُبۡهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيۡـٔٗا لَّا يَسۡتَنقِذُوهُ مِنۡهُۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلۡمَطۡلُوبُ ٧٣
Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.1
Footnotes
  • [1] (Boshqa katta jonzotlarni qo`ysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz ko`ringan pashshani yaratishga urinib ko`rsinlar. Yarata olmaslar. Xo`sh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sig`inish, aytganini (agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman aqlga, mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Pashsha juda zaif, haqir jon. Ammo, u sabab bo`lib ba'zi bir kasalliklarni tashib keltirsa, hammasi to`planib, harakat qilsa ham, o`sha kasallikdan zarar ko`rayotganni yoki o`layotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda ko`rgan. «Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi». Ya'ni, Allohdan o`zganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qo`llaridan kelmas.)