Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Mu'minun — Ayah 18

23:18
وَأَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءَۢ بِقَدَرٖ فَأَسۡكَنَّٰهُ فِي ٱلۡأَرۡضِۖ وَإِنَّا عَلَىٰ ذَهَابِۭ بِهِۦ لَقَٰدِرُونَ ١٨
Biz osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.1
Footnotes
  • [1] (Osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerda qarorlashtirish ham Alloh taoloning ishidir. Kim kerakli miqdorda osmondan suv tushira oladi? Yerdagi hamma suv osmondan o`lchov bilan tushgandir. Ortiqcha ham emas, kam ham emas. Shuning o`zini ibrat nazari bilan o`ylagan odam iymonga kelishi kerak. Suvni keltirgan zot ketkaza olmasmidi? Alloh taolo suvni ketkazishiga dalil sifatida ba'zan ma'lum joylarni suvdan bebahra qilib qo`yadi. O`sha yerda qurg`oqchilik bo`lib, hamma narsa halokatga yuz tutadi. Ana shu qurg`oqchilik hodisalari ham Alloh taoloning qudratiga dalolat qiladi. Ular ham odamlarni iymonga chaqiradigan ibratli narsalardir.)