Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Mu'minun — Ayah 71

23:71
وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلۡحَقُّ أَهۡوَآءَهُمۡ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلۡأَرۡضُ وَمَن فِيهِنَّۚ بَلۡ أَتَيۡنَٰهُم بِذِكۡرِهِمۡ فَهُمۡ عَن ذِكۡرِهِم مُّعۡرِضُونَ ٧١
Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar.1
Footnotes
  • [1] (Haq bitta, ya'ni Allohning dinidir. Hamma haqqa ergashmog`i lozim. Chunki haq bitta, odamlarning havoyi nafslari esa, cheksizdir. Inchunin, havoyi nafs ila haqiqatga erishib bo`lmaydi. Qachon havoyi nafsning ko`yiga tushilsa, fasodga uchraladi. Allohdan kelgan haq — Islom odamlarni yo`lga solishi kerak. Ammo odamlar u haqdan — Islomdan yuz o`girmoqdalar. Haqni — Islomni havoyi nafslariga ergashtirishni istaydilar. Biz keltirgan Qur'on — Islom — haq ular uchun sharafdir. Kim haqqa ergashsa, amal qilsa, shon-sharafga ega bo`ladi.)