Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 11

24:11
إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلۡإِفۡكِ عُصۡبَةٞ مِّنكُمۡۚ لَا تَحۡسَبُوهُ شَرّٗا لَّكُمۖ بَلۡ هُوَ خَيۡرٞ لَّكُمۡۚ لِكُلِّ ٱمۡرِيٕٖ مِّنۡهُم مَّا ٱكۡتَسَبَ مِنَ ٱلۡإِثۡمِۚ وَٱلَّذِي تَوَلَّىٰ كِبۡرَهُۥ مِنۡهُمۡ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمٞ ١١
Albatta, ifkni keltirganlar o`zingizdan bo`lgan bir usba (to`da)dir. Uni o`zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o`zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini ko`targan kimsaga buyuk azob bordir.1
Footnotes
  • [1] (Islom dushmanlari aqliy tortishuvlarda, jang maydonlarida musulmonlardan ustun kela olishlariga ko`zlari yetmaganidan keyin musulmonlarning eng kuchli nuqtasini zaiflashtirish uchun ochiqdan-ochiq ig`vo, bo`hton, tuhmat va uydirma qilishga o`tdilar. Gapni boshqa yoqqa burib, haqiqatdan chetga chiqish, yolg`ondan uydirma to`qish, bo`hton va ig`vo qilish arab tilida «ifk» deyiladi. Munofiqlar Oyisha onamizga nisbatan ifk uyushtirdilar. Ularning ifkiga ba'zi sodda musulmonlar ham qo`shildilar. Orada katta fitna chiqdi. Oyisha onamizni zino qilganlikda ayblay boshladilar. U kishiga nisbatan ifk — ig`vo, bo`hton, tuhmat va uydirma uyushtirildi. Bu hodisa «Ifk hodisasi» nomi bilan mashhurdir.)