Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 22

24:22
وَلَا يَأۡتَلِ أُوْلُواْ ٱلۡفَضۡلِ مِنكُمۡ وَٱلسَّعَةِ أَن يُؤۡتُوٓاْ أُوْلِي ٱلۡقُرۡبَىٰ وَٱلۡمَسَٰكِينَ وَٱلۡمُهَٰجِرِينَ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِۖ وَلۡيَعۡفُواْ وَلۡيَصۡفَحُوٓاْۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغۡفِرَ ٱللَّهُ لَكُمۡۚ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٌ ٢٢
Sizlardan fazl va boylik egasi bo`lganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo`lida muhojir bo`lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o`tib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag`firat qilishini xush ko`rmaysizlarmi?! Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Oyisha onamiz quyidagilarni aytadilar: «Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh bo`lgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oyisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu darhol: «Ha! Allohga qasamki, albatta, Alloh meni mag`firat qilishini xush ko`raman», dedilar va Mistohga berib yurgan nafaqalarini qaytadan joriy qildilar. So`ngra: «Allohga qasamki, bu nafaqani undan hech uzmayman», dedilar».)