Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 33

24:33
وَلۡيَسۡتَعۡفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغۡنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضۡلِهِۦۗ وَٱلَّذِينَ يَبۡتَغُونَ ٱلۡكِتَٰبَ مِمَّا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ فَكَاتِبُوهُمۡ إِنۡ عَلِمۡتُمۡ فِيهِمۡ خَيۡرٗاۖ وَءَاتُوهُم مِّن مَّالِ ٱللَّهِ ٱلَّذِيٓ ءَاتَىٰكُمۡۚ وَلَا تُكۡرِهُواْ فَتَيَٰتِكُمۡ عَلَى ٱلۡبِغَآءِ إِنۡ أَرَدۡنَ تَحَصُّنٗا لِّتَبۡتَغُواْ عَرَضَ ٱلۡحَيَوٰةِ ٱلدُّنۡيَاۚ وَمَن يُكۡرِههُّنَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ مِنۢ بَعۡدِ إِكۡرَٰهِهِنَّ غَفُورٞ رَّحِيمٞ ٣٣
Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni O`z fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qo`llaringizda mulk bo`lganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari bo`lsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning o`tkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (cho`ri) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan bo`lsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada uchta muhim masala — nikohga qodir bo`lmaganlar nima qilishligi, ozod bo`lishni istab, o`z xojasi bilan shartnoma tuzgan, ma'lum mablag` evaziga ozod bo`lishga harakat qilayotgan qulu cho`rilar va fohishabozlik, ya'ni ba'zi ayollarni zinoga majburlab pul topishga urinish masalalari muolaja etilmoqda.)