Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 35

24:35
۞ ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشۡكَوٰةٖ فِيهَا مِصۡبَاحٌۖ ٱلۡمِصۡبَاحُ فِي زُجَاجَةٍۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوۡكَبٞ دُرِّيّٞ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٖ مُّبَٰرَكَةٖ زَيۡتُونَةٖ لَّا شَرۡقِيَّةٖ وَلَا غَرۡبِيَّةٖ يَكَادُ زَيۡتُهَا يُضِيٓءُ وَلَوۡ لَمۡ تَمۡسَسۡهُ نَارٞۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورٖۚ يَهۡدِي ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُۚ وَيَضۡرِبُ ٱللَّهُ ٱلۡأَمۡثَٰلَ لِلنَّاسِۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٞ ٣٥
Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qo`yilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, go`yo durdan bo`lgan bir yulduz bo`lib, sharqiy ham, g`arbiy ham bo`lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o`ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O`z nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.1
Footnotes
  • [1] (Suraning nomi ushbu oyati karimadan olingan. Bu oyati karima «Nur» oyati deb ham nomlanadi. Oyatda Alloh taoloning O`zi O`z zoti oliysini «Nur» deb atamoqda. Lekin bu nur siz bilan bizning tushunchamizdagi moddiy, ko`zga ta'sir o`tkazadigan yorug`lik nuri emas. Alloh taoloning hech bir sifati siz bilan bizning tasavvurimizga to`g`ri kelmaydi. Bu jumlani ba'zi ulamolarimiz, «Alloh osmonlar va Yerni munavvar qilguvchidir», deb tushuntirganlar. Boshqa birlari esa, «Alloh osmonlaru Yerni vujudga keltirguvchidir», deganlar. Yana boshqalari, Alloh taolo osmonlar va Yerni, ya'ni borliqni O`z nuridan yaratgandir, degan ma'noda tafsir qilganlar. Bu tushunchalarning hammasi arab tilida «nur» so`zi ifoda etadigan ma'nolardan olingandir. «Nur» so`zi aslida o`zi zohir bo`lib, o`zgalarni ham zohir etuvchi vujudga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, qorong`ulikda yorug`lik zohir bo`lib, avval o`zi ko`rinadi va shuning barobarida atrofni ham yoritadi-ko`rsatadi.)