Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 47

24:47
وَيَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلرَّسُولِ وَأَطَعۡنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٞ مِّنۡهُم مِّنۢ بَعۡدِ ذَٰلِكَۚ وَمَآ أُوْلَٰٓئِكَ بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ ٤٧
Ular: «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar. Ana o`shalar mo`min emaslar.1
Footnotes
  • [1] (U guruh — munofiqlardir. Ular tillari bilan: «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», deydilar. Lekin iymonga amalni qo`shmaydilar. Og`izlari bilan iymonli ekanlari haqida safsata sotsalar ham, hayotda iymon taqozosi ila amal qilmay, Islom shariatiga yurishni istamay, boshqa qonun-qoidalar asosida yashashga urinadilar. Allohga va Payg`ambar alayhissalotu vassalomga iymonlari borligini aytsalar ham, ularga itoat etishlari haqida og`iz ko`pirtirib so`zlasalar ham, amal qilmaydilar. Ularga, ayniqsa, Nur surasi o`qilganda yuraklari siqilib ketadi. Chunki bu sura ularga zinoni, ochiq-sochiqlikni, axloqiy buzuqlik bo`lmish havoyi nafsning xohishlarini man qilib, odob-axloq doirasida halol-pok yashashni taklif etadi. «So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar». Tillari bilan aytgan gaplariga amal qilish kerak bo`lganda yuz o`girib, boshqa tomonga qarab ketadilar.)