Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 55

24:55
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمۡ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسۡتَخۡلِفَنَّهُمۡ فِي ٱلۡأَرۡضِ كَمَا ٱسۡتَخۡلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِهِمۡ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمۡ دِينَهُمُ ٱلَّذِي ٱرۡتَضَىٰ لَهُمۡ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعۡدِ خَوۡفِهِمۡ أَمۡنٗاۚ يَعۡبُدُونَنِي لَا يُشۡرِكُونَ بِي شَيۡـٔٗاۚ وَمَن كَفَرَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡفَٰسِقُونَ ٥٥
Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o`tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O`zi rozi bo`lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so`ng omonlikni badal qilib berishni va'da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o`shalar, o`zlari fosiqlardir.1
Footnotes
  • [1] (Oldingi o`tgan ummatlardan qaysi biri Alloh taologa iymon keltirgan va bu iymoni haqiqiy bo`lib, butun vujudini qamrab olgan hamda o`sha haqiqiy iymonlari taqozosi ila solih amallar qilib hayot kechirgan bo`lsa, Alloh taolo ularni Yer yuziga O`zining xalifasi etib tayinlab qo`ygan edi. Yer yuzida hukmi yuritilishi uchun ularni O`ziga o`rinbosar qilib qo`ygan edi. Endi o`shalar kabi Yer yuzida xalifa bo`lish imkoniyati faqat Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatlarida bordir. Ularning mazkur xalifalikka erishishlari uchun asosiy shart — iymon keltirib, amali solih qilishdir. Islom ummati qachon ushbu shartni bajarganida, Alloh taolo va'dasining ustidan chiqqan.)