Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 58

24:58
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِيَسۡتَـٔۡذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡ وَٱلَّذِينَ لَمۡ يَبۡلُغُواْ ٱلۡحُلُمَ مِنكُمۡ ثَلَٰثَ مَرَّٰتٖۚ مِّن قَبۡلِ صَلَوٰةِ ٱلۡفَجۡرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَمِنۢ بَعۡدِ صَلَوٰةِ ٱلۡعِشَآءِۚ ثَلَٰثُ عَوۡرَٰتٖ لَّكُمۡۚ لَيۡسَ عَلَيۡكُمۡ وَلَا عَلَيۡهِمۡ جُنَاحُۢ بَعۡدَهُنَّۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيۡكُم بَعۡضُكُمۡ عَلَىٰ بَعۡضٖۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلۡأٓيَٰتِۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٞ ٥٨
Ey, iymon keltirganlar! Qo`lingizda mulk bo`lganlar va o`zingizdan balog`atga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn so`rasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan so`ng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo`q. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada zikri kelagan shaxslar uch vaqtda, albatta izn so`rashlari kerak: «... bomdod namozidan oldin...» Chunki bu vaqtda odam hali o`rnida yotgan bo`ladi. «... peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda...» Qur'on nozil bo`lgan issiq o`lkalarda peshin vaqtida yechinib, salqinlab, dam olmaslikning hech iloji yo`q. «... xufton namozidan so`ng». Bu vaqtda ham kishilar yechinib, dam olayotgan bo`ladi. «(Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir». Ya'ni, avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun qul va cho`rilar ham, balog`atga yetmagan yosh bolalar ham izn so`rab kirsinlar. Odatda xizmatchilar va yosh bolalarning kirib chiqishlari ko`p bo`ladi. Shuning uchun mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn so`ramay kirishlariga ruxsat berildi.)