Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Nur — Ayah 63

24:63
لَّا تَجۡعَلُواْ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيۡنَكُمۡ كَدُعَآءِ بَعۡضِكُم بَعۡضٗاۚ قَدۡ يَعۡلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمۡ لِوَاذٗاۚ فَلۡيَحۡذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنۡ أَمۡرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمۡ فِتۡنَةٌ أَوۡ يُصِيبَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ ٦٣
Payg`ambarning orangizdagi da'vatini bir-biringizning da'vatingizga o`xshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sug`urilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar o`zlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir bo`lsinlar.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar uch xil fikr aytganlar. Uchala fikr ham bir-birini to`ldirib keladi. Birinchi fikrga binoan, Payg`ambarni chaqirishda, bir-biringizni chaqirishingizdagi lafzlarni qo`llamang, degani. Ikkinchi fikrga ko`ra, Payg`ambarning chaqirig`ini, buyrug`ini boshqalarning chaqirig`i kabi oddiy qabul qilmang, balki alohida ahamiyat va e'tibor bilan qabul qiling, deganidir. Uchinchi fikrga ko`ra esa, Payg`ambarning duosini, boshqalarning duosiga o`xshatmang, deganidir. U zotning duosi, albatta, qabul bo`lishi muqarrardir.)