Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Furqan — Ayah 50

25:50
وَلَقَدۡ صَرَّفۡنَٰهُ بَيۡنَهُمۡ لِيَذَّكَّرُواْ فَأَبَىٰٓ أَكۡثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورٗا ٥٠
Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib ko`rdik. Odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.1
Footnotes
  • [1] (Alloh osmondan pok suv tushiradi. Alloh osmondan pok so`z (Qur'on) tushiradi. Alloh osmondan tushirgan pok suvi ila o`lik diyorlarni tiriltiradi, chanqoq hayvon va odamlarni sug`oradi. Alloh osmondan tushirgan pok so`zi bilan ma'naviy o`lik xalqlarni tiriltiradi, ruhiy chanqoqlarni, tashnalarni ruhiy-ma'naviy ta'limotlar ila sug`oradi. Qur'onni ularga turli uslublar ila taqdim qildik. Lekin ular bundan o`zlariga eslatma olmadilar.)