Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Furqan — Ayah 59

25:59
ٱلَّذِي خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضَ وَمَا بَيۡنَهُمَا فِي سِتَّةِ أَيَّامٖ ثُمَّ ٱسۡتَوَىٰ عَلَى ٱلۡعَرۡشِۖ ٱلرَّحۡمَٰنُ فَسۡـَٔلۡ بِهِۦ خَبِيرٗا ٥٩
U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu ma'nolar e'tiqod bobida o`ta nozik va hassos ekanligi e'tiboridan ulamolarimiz juda ham ehtiyotkorlik bilan bayon qilishga harakat qiladilar. «Olti kun» masalasiga kelganda, ba'zilari, bu dunyoning kunlariga o`xshash kunlar, Alloh «bo`l» desa bo`lib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay ish qilishni o`rgatish maqsadida shunday qildi, deydilar. Boshqalari esa, «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning O`zi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru Yer yaratib bo`lingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar. «So`ngra» kalimasi odatda «keyin» ma'nosidagi tartibni ifoda qiladi, bu oyatdagi «so`ngra» esa, martabani bildiradi.)