Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Naml — Ayah 16

27:16
وَوَرِثَ سُلَيۡمَٰنُ دَاوُۥدَۖ وَقَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمۡنَا مَنطِقَ ٱلطَّيۡرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَيۡءٍۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلۡفَضۡلُ ٱلۡمُبِينُ ١٦
Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyatdagi vorislik, ilmga vorislikdir. Ota vafot etgandagi bolalarning vorisligi emas. Chunki Dovud alayhissalomning Sulaymon alayhissalomdan boshqa farzandlari ham ko`p edi. Ular molu dunyo masalasidagi merosda teng huquqli edilar. Ammo ilm ma'nosidagi merosga faqat Sulaymon alayhissalom voris bo`ldilar. Shuning uchun ham «Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi» jumlasidan keyin Sulaymon alayhissalomning «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi», degan so`zlari kelmoqda. Sulaymon alayhissalom o`zlariga Alloh tomonidan qushlarning tilini anglash ilmi berilganligini barcha odamlarga e'lon qilmoqdalar. Bu e'lon faxr va riyokorlik uchun emas, balki Allohning ne'matini eslash ma'nosidadir.)