Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Naml — Ayah 40

27:40
قَالَ ٱلَّذِي عِندَهُۥ عِلۡمٞ مِّنَ ٱلۡكِتَٰبِ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبۡلَ أَن يَرۡتَدَّ إِلَيۡكَ طَرۡفُكَۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسۡتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَٰذَا مِن فَضۡلِ رَبِّي لِيَبۡلُوَنِيٓ ءَأَشۡكُرُ أَمۡ أَكۡفُرُۖ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشۡكُرُ لِنَفۡسِهِۦۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّي غَنِيّٞ كَرِيمٞ ٤٠
Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga ko`zingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning o`z huzurida qaror topganini ko`rgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni ne'mat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, o`zi uchungina shukr qilur. Kim kufroni ne'mat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Ulamolar «kitobdan ilmi bor shaxs»ning kimligi haqida ko`p fikrlar aytganlar. U Tavrotni, Ismul A'zamni biladigan, Lavhul Mahfuzdan xabardor edi, degan gaplarni aytishgan. Lekin Qur'oni Karim yoki Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom aytmaganlaridan keyin, ishonchli ilmiy dalil bo`lmagach, Qur'on iborasi bilan kifoyalanib, Alloh o`sha shaxsni «kitobdan ilmi bor», deb aytibdi, u yog`ini O`zi biladi, deyishimiz to`g`ridir.)