Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah An-Naml — Ayah 47

27:47
قَالُواْ ٱطَّيَّرۡنَا بِكَ وَبِمَن مَّعَكَۚ قَالَ طَٰٓئِرُكُمۡ عِندَ ٱللَّهِۖ بَلۡ أَنتُمۡ قَوۡمٞ تُفۡتَنُونَ ٤٧
Ular: «Sendan va sen bilan bo`lganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Biz «shumlanish» deb tarjima qilgan ma'no oyati karima matnida «toir», «toyyar» kabi iboralar bilan kelgan. Bu ibora qush, qush uchirish ma'nolarini beradi. O`sha paytlar mushriklar biror ish qilmoqchi bo`lsalar, qush uchirib ko`rar edilar. Agar qush o`ng tomonidan uchsa, xursand bo`lar va o`sha ishni boshlar edi. Agar qush chap tomoniga uchsa, shumqadamlik deb o`ylar, xafa bo`lar, shumlanar va u ishni qilmas edi. Keyin borib-borib bu ibora qush uchirmasa ham, biror narsaning shumqadamligini anglatish uchun ishlatiladigan bo`lib ketgan. Samud qavmi ham o`zlariga «Allohga ibodat qiling» shiorini olib kelgan, ularni Allohga istig`for aytishga, undan rahmatini so`rashga chaqirgan payg`ambarlari Solih alayhissalomdan shumlanganlarini aytishdi.)