Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 13

28:13
فَرَدَدۡنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَيۡ تَقَرَّ عَيۡنُهَا وَلَا تَحۡزَنَ وَلِتَعۡلَمَ أَنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقّٞ وَلَٰكِنَّ أَكۡثَرَهُمۡ لَا يَعۡلَمُونَ ١٣
Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar.1
Footnotes
  • [1] (Alloh taolo O`zining hikmatli tadbiri ila Muso alayhissalomni onalariga qaytarib berdi. Oyatda ta'kidlanishicha, bundan quyidagi uchta maqsad ko`zlangan edi: Muso alayhissalom ila onalarining ko`zlari quvonishi. Onaning o`g`li Muso alayhissalom firoqi ila xafa bo`lmasligi. Muso alayhissalomning onalari Allohning va'dasi haq ekanini bilishlari. Chunki avval Alloh taolo u ayolga, Biz uni senga qaytarguvchimiz, deb va'da bergan edi. Ana o`sha va'dasini haq ila amalga oshirdi. Ha, Alloh taolo nimani va'da qilsa, uni albatta bajaradi. Shunday qilib, Muso alayhissalom oilalaridan ayrilmagan holda Fir'avnning qasrida tarbiya topa boshladilar.)