Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 15

28:15
وَدَخَلَ ٱلۡمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفۡلَةٖ مِّنۡ أَهۡلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيۡنِ يَقۡتَتِلَانِ هَٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَهَٰذَا مِنۡ عَدُوِّهِۦۖ فَٱسۡتَغَٰثَهُ ٱلَّذِي مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِي مِنۡ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيۡهِۖ قَالَ هَٰذَا مِنۡ عَمَلِ ٱلشَّيۡطَٰنِۖ إِنَّهُۥ عَدُوّٞ مُّضِلّٞ مُّبِينٞ ١٥
Va u shaharga uning aholisi g`aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko`rdi. Bunisi o`z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o`z guruhidan bo`lgan dushman bo`lganga qarshi undan yordam so`radi. Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo`ldan ozdirguvchidir», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Shahar aholisi g`aflatda bo`ladigan payt, tush vaqtidir. Issiq yurtlarda, jumladan, Misrda ham tush payti shahar va qishloq aholisi kunduzgi uyquda bo`ladilar. Muso alayhissalom biri o`z qavmi — Bani Isroildan, ikkinchisi dushman — Fir'avn qavmidan bo`lgan ikki kishining urishayotganini ko`rdilar. Bani isroillik kishi Muso alayhissalomdan qibtiyga qarshi yordam so`rar edi. «Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi». Muso alayhissalom qibtiyni umuman o`ldirmoqchi emas edilar. Uning o`lib qolganini ko`rib qattiq afsuslandilar.)