Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 31

28:31
وَأَنۡ أَلۡقِ عَصَاكَۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهۡتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنّٞ وَلَّىٰ مُدۡبِرٗا وَلَمۡ يُعَقِّبۡۚ يَٰمُوسَىٰٓ أَقۡبِلۡ وَلَا تَخَفۡۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلۡأٓمِنِينَ ٣١
Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini ko`rgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qo`rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan.1
Footnotes
  • [1] (Bu hol haqiqatda ajoyib edi. Bepoyon sahrodagi tog`ning o`ng tomonida, muborak bir joyda Alloh taolo farishtani ham o`rtaga qo`ymay, Muso alayhissalomga bevosita O`zi nido qilmoqda. Bu joy haqiqatda ham muborak bir joy edi. Bu payt, shubhasiz, muborak bir payt edi. Bu nido haqiqatda ham muborak bir nido edi.)