Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 36

28:36
فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا بَيِّنَٰتٖ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّا سِحۡرٞ مُّفۡتَرٗى وَمَا سَمِعۡنَا بِهَٰذَا فِيٓ ءَابَآئِنَا ٱلۡأَوَّلِينَ ٣٦
Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar.1
Footnotes
  • [1] (Ko`zlariga ko`rinib turgan mo`'jizani, ko`zbo`yamachilik, sehrdan o`zga narsa emas, u uydirmadir, dedilar. Allohning Payg`ambariga qarshi, Allohning mo`'jizalariga qarshi bunday gapni aytishga biror dalil-hujjatlari bormidi? Albatta, yo`q edi. Ota-bobolaridan eshitmaganlari uchun Allohning Payg`ambarini yolg`onchi qilib, mo`'jizasani sehr deyishlari to`g`rimi?! Ularning ota-bobolari kim edi o`zi? Dunyoning oxirigacha bo`ladigan narsalarni ko`rsatib ketishganmi?!)