Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 38

28:38
وَقَالَ فِرۡعَوۡنُ يَٰٓأَيُّهَا ٱلۡمَلَأُ مَا عَلِمۡتُ لَكُم مِّنۡ إِلَٰهٍ غَيۡرِي فَأَوۡقِدۡ لِي يَٰهَٰمَٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجۡعَل لِّي صَرۡحٗا لَّعَلِّيٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّي لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلۡكَٰذِبِينَ ٣٨
Va Fir'avn: «Ey, a'yonlar, men sizlarga o`zimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga o`t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko`rsam. Albatta, men uni yolg`onchilardan deb o`ylamoqdaman», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Xudolik da'vosida bo`lgan ahmoq fir'avnlar o`ylamay, og`ziga nima kelsa gapiraveradi. Vaziriga nimani xohlasa, buyuraveradi. Homon loyga o`t yoqib g`isht pishirib, o`ta baland qasr qurarmish, Fir'avn unga chiqib, osmonda Allohni ko`rar emish. Alloh osmonda sening chiqishingga qarab turadigan zotmidi?! Senga o`xshagan iflos Allohning dargohiga bora olarmidi?! Osmon senga o`xshash bandalar uchun Alloh taolo tomonidan yaratilgan bir narsa-ku, nima uchun Allohni osmon bilan chegaralab qo`ymoqchisan?! Ushbu savollar ham o`zini xudo sanayotgan Fir'avning naqadar esi past ekanini tushunishga yordam beradi. O`sha esi past maxluq o`zining ahmoqona gapi bilan Alloh yuborgan Payg`ambar Muso alayhissalomni yolg`onchiga chiqarmoqda.)