Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 48

28:48
فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلۡحَقُّ مِنۡ عِندِنَا قَالُواْ لَوۡلَآ أُوتِيَ مِثۡلَ مَآ أُوتِيَ مُوسَىٰٓۚ أَوَلَمۡ يَكۡفُرُواْ بِمَآ أُوتِيَ مُوسَىٰ مِن قَبۡلُۖ قَالُواْ سِحۡرَانِ تَظَٰهَرَا وَقَالُوٓاْ إِنَّا بِكُلّٖ كَٰفِرُونَ ٤٨
Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar.1
Footnotes
  • [1] (Ha, Muhammad alayhissalotu vassalomdan ilgari ular Muso alayhissalomga tushgan narsaga ham kufr keltirgan edilar. Endi bo`lsa, Muhammad alayhissalotu vassalomga iymon keltirmasliklariga Muso alayhissalomga berilgan narsaga o`xshash narsa u kishiga berilmaganini sabab qilib turibdilar. Ular «ikki sehr» deb Tavrot bilan Qur'onni nazarda tutishyapti. Tavrot ham, Qur'on ham sehrdir, ular birga o`rtaga chiqib, bir-biriga yordam bermoqda, biz har ikkisiga ham kufr keltiruvchilarmiz, deyishyapti.)