Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 64

28:64
وَقِيلَ ٱدۡعُواْ شُرَكَآءَكُمۡ فَدَعَوۡهُمۡ فَلَمۡ يَسۡتَجِيبُواْ لَهُمۡ وَرَأَوُاْ ٱلۡعَذَابَۚ لَوۡ أَنَّهُمۡ كَانُواْ يَهۡتَدُونَ ٦٤
Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni ko`rurlar. Koshki, hidoyat topgan bo`lganlarida edi!1
Footnotes
  • [1] (Qani, u dunyoda ibodat qilib yurgan xudolarini endi chaqirsinlar, ularga yordam berishsin. Hozir yordam berishmasa, qachon yordam berishadi? Mushriklar Allohga sherik qilgan soxta xudolarini chaqiradilar. «Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar». Bu dunyoda javob bera olmagan soxta xudolar u dunyoda javob bera bilarmidi? Demak, mushriklarning umidlari uzildi. Ana shunda ular «azobni ko`rurlar».)