Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 7

28:7
وَأَوۡحَيۡنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنۡ أَرۡضِعِيهِۖ فَإِذَا خِفۡتِ عَلَيۡهِ فَأَلۡقِيهِ فِي ٱلۡيَمِّ وَلَا تَخَافِي وَلَا تَحۡزَنِيٓۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيۡكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ ٧
Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik.1
Footnotes
  • [1] (Arab tilshunos olimlari bu oyati karimani Qur'oni Karimning yuksak darajadagi balog`at va fasohatiga misol sifatida keltiradilar. Alloh taolo birgina oyatda ikkita buyruq — «emizaver» va «daryoga tashla», ikkita qaytarish — «qo`rqma», «xafa bo`lma», ikkita bashorat — «uni senga qaytaramiz» va «payg`ambarlardan qilguvchimiz» juftliklarini ishlatgandir. Onalari ko`ngillariga Alloh taolo ilhom etgan buyruqni bajardilar. Go`dakni sandiqqa solib, daryoga oqizib yubordilar.)