Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Qasas — Ayah 79

28:79
فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوۡمِهِۦ فِي زِينَتِهِۦۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلۡحَيَوٰةَ ٱلدُّنۡيَا يَٰلَيۡتَ لَنَا مِثۡلَ مَآ أُوتِيَ قَٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٖ ٧٩
Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan bo`lsa edi. Haqiqatan, u ulug` nasiba egasidir», dedilar.1
Footnotes
  • [1] (Molu dunyosiga ishonib mutakabbirlik bilan g`ururga ketgan, dunyoda buzg`unchilik qilishga uringan, noshukr odamga faqat hayoti dunyoni o`ylaydigan kishilargina havas qilishi mumkin. Ushbu dunyoning besh kunlik matohiga erishishdan boshqa maqsadi yo`qlargina o`sha tug`yonkor, buzg`unchiga o`xshagan bo`lishni orzu qilishi mumkin. Ana o`shalargina g`ururga ketgan mazkur mutakabbirni «ulug`» nasiba egasi, deyishi mumkin.)