Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham bo`lmadi, uning o`zi nusratga erishguvchilardan ham bo`lmadi.1
Footnotes
[1]
(Hammasi oddiygina tugadi. Qorunni ham, hovli-joyini ham yer yutdi-qo`ydi. Qorun ham, uning boyliklari ham, kibru havosi ham yo`q bo`ldi-ketdi. Qorunga Allohning azobi kelganida unga yordam beruvchi topilmadi. Uning o`zi ham ilmi ila, molu dunyosi ila o`zini qutqarib qola olmadi.)