Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 14

29:14
وَلَقَدۡ أَرۡسَلۡنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوۡمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمۡ أَلۡفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمۡسِينَ عَامٗا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَهُمۡ ظَٰلِمُونَ ١٤
Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Payg`ambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. So`ngra ularni zolim bo`lgan hollarida to`fon oldi.1
Footnotes
  • [1] (Bir odamning ming yildan ortiq hayot kechirgani ko`plarga g`alati tuyulishi mumkin. Lekin bu narsa inkor qilib bo`lmaydigan haqiqatdir. Qur'oni Karimda kelgan xabarni inkor qilgan odam kofir bo`ladi. Ayni choqda, bu hol aql tarozusida tortsa bo`ladigan oddiy bir ish. Qadimda kishilarning umrlari uzun bo`lgani hammaga ma'lum. Buning ustiga, oz sonli jonzotlarning umri uzun, adadi ko`plarniki qisqa bo`lishi ham tajribada ko`rilgan. Nuh alayhissalom insoniyat to`fon tufayli qirilib ketgan bir davrda yashaganliklari e'tiborga olinsa, mazkur umruzoqlik oddiy bir hol ekani bilinadi.)