Va Ibrohimni (yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.1
Footnotes
[1]
(Ibrohim alayhissalom qavmlariga ilohiy da'vatni juda sodda qilib tushuntirdilar. Allohga ibodat qilinglar, boshqaga emas, Allohdan qo`rqinglar, boshqadan emas, dedilar. Demak, qiladigan har bir ishingiz Allohning roziligini topish uchun bo`lsin. Har lahzada Allohga taqvo qilib turing. Ana shunda maqsadga erishasiz.)