Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 19

29:19
أَوَلَمۡ يَرَوۡاْ كَيۡفَ يُبۡدِئُ ٱللَّهُ ٱلۡخَلۡقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٞ ١٩
Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, so`ngra uni yana qaytarishini ko`rmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.1
Footnotes
  • [1] (Har lahzada Alloh taolo turli mavjudotlarni yo`qdan bor qilayotgani ko`riladi. Dunyoda paydo bo`layotgan har bir yangi narsani Alloh taolo yaratayotgani aniq. Buni tushunib yetmoq lozim. O`sha yangi paydo bo`layotgan maxluqotlardan, mavjudotlardan eng kichigini, eng soddasini, eng oddiyini ham odamzot yarata olmaydi. Barcha insonlar to`planib urinsalar ham, bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bu ham tajribadan o`tgan haqiqat. Inson endi shu haqiqatni tan olishi lozimki, ana o`sha barcha maxluqotlarni yo`qdan bor qilgan Zotga ularni qiyomatda yana qayta tiriltirish juda ham oson. Chunki yo`qdan bor qilgan Zotga borni qaytarish hech gap emas.)