Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 26

29:26
۞ فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٞۘ وَقَالَ إِنِّي مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّيٓۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلۡعَزِيزُ ٱلۡحَكِيمُ ٢٦
Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.1
Footnotes
  • [1] (Ya'ni, Ibrohim alayhissalomga Lut iymon keltirdi. Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga jiyan bo`lar edi. Lut alayhissalom amakilari Ibrohim alayhissalomga iymon keltirgan birinchi odam bo`ldilar. Shuningdek, Ibrohim alayhissalomga xotinlari Bibi Sora ham iymon keltirgan edilar. Tafsirchi ulamolarimiz oyatdagi «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman» jumlasini kim aytgani to`g`risida ikki xil fikr bildirganlar. Ba'zilari, bu gapni Lut alayhissalom aytgan, desalar, ko`plari, Ibrohim alayhissalom aytgan, deydilar. Nima bo`lganda ham, Allohga hijrat qilish, dunyodagi barcha narsani tashlab, Alloh taologa tomon intilish tuyg`usi Ibrohim alayhissalomda ham, Lut alayhissalomda ham kuchli bo`lgan. Alloh taoloning aziz-g`olib, barchadan ustun ekanligiga va har narsani hikmat bilan qilishiga ham ularning ishonchlari yuqori darajada bo`lgan.)