Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 33

29:33
وَلَمَّآ أَن جَآءَتۡ رُسُلُنَا لُوطٗا سِيٓءَ بِهِمۡ وَضَاقَ بِهِمۡ ذَرۡعٗاۖ وَقَالُواْ لَا تَخَفۡ وَلَا تَحۡزَنۡ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهۡلَكَ إِلَّا ٱمۡرَأَتَكَ كَانَتۡ مِنَ ٱلۡغَٰبِرِينَ ٣٣
Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir.1
Footnotes
  • [1] (Lut alayhissalomning Alloh yuborgan farishtalarni ko`rib xafa bo`lishlariga sabab bor edi. Avvallo, elchi-farishtalar navqiron husnli yigitlar qiyofasida kelgan edilar. Qolaversa, Lut alayhissalom ularning elchi-farishtalar ekanidan hali-hanuz xabar topmagan edilar. Shuning uchun yosh va chiroyli mehmon yigitlarga jinoyatchi qavm tajovuz qilib, mezbon Lut alayhissalomni sharmanda etishlari mumkin edi. Shu sababli Lut alayhissalom ularni ko`rib mahzun bo`ldilar va yuraklari siqildi.)