Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 41

29:41
مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوۡلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلۡعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتۡ بَيۡتٗاۖ وَإِنَّ أَوۡهَنَ ٱلۡبُيُوتِ لَبَيۡتُ ٱلۡعَنكَبُوتِۚ لَوۡ كَانُواْ يَعۡلَمُونَ ٤١
Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.1
Footnotes
  • [1] (Allohdan o`zganing yo`lini tutganlar, uning uyidan o`zga uyda yashashni ixtiyor qilganlar o`zlarining o`rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini koshki bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi o`rgimchak uyasiga o`xshab, o`ta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari ila Alloh qurib bergan ulug`vor qasrni inkor etib, o`rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi. Bu haqiqatni biladilarmi, bilmaydilarmi — ularga farqi yo`q.)