Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan o`zgalarning aqllari yetmas.1
Footnotes
[1]
(Ha, Alloh taolo keltirayotgan misollarni aqlli kishilargina to`la tushunib yetadilar. Undan o`zlariga ibrat oladilar. Aqlsizlar esa, bu misollarni tushunish o`rniga Makka mushriklari kabi: «Muhammadning Robbi pashsha va o`rgimchakni gapirib yuribdi», deb masxara qiladilar.)