Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 60

29:60
وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٖ لَّا تَحۡمِلُ رِزۡقَهَا ٱللَّهُ يَرۡزُقُهَا وَإِيَّاكُمۡۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡعَلِيمُ ٦٠
O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Darhaqiqat, o`ylab ko`radigan bo`lsak, ko`pgina jonzotlar rizqga muhtoj bo`lganida, uni tanovvul qilishdan boshqa narsani bilmaydi. Rizq topish uchun harakat ham qilmaydi. Rizqni o`zi bilan ko`tarib ham yurmaydi. O`ziga rizq jamg`armaydi ham. Faqat rizq kerak bo`lganida, uni tanovvul qiladi, xolos. Ammo rizq topilmasdan, birortasi ochqab o`lib ham qolmaydi. Rizqini terib yeb yuraveradi. Faqat insongina rizq to`plashni odat qilgan. Ilohiy ta'limotlardan uzoq bo`lgan ba'zi bir odamlar hayotni rizq-ro`z uchun kurashishdan iborat, deb o`ylaydilar. Ular o`zlaricha, rizqni o`zimiz topmoqdamiz, deb gumon qiladilar.)