Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.1
Footnotes
[1]
(Olimlar kashf qilishlaricha, chaqmoq chaqqanda havoni kuydirib o`simliklar uchun o`ta foydali o`g`it — azot paydo bo`lar ekan. Ana o`sha modda yomg`ir ila yerga tushib o`simliklarning o`sishiga, hosil berishiga omil bo`lar ekan. Demak, xavf va umid chaqmoqqa bog`liq ekan.)