Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ar-Rum — Ayah 28

30:28
ضَرَبَ لَكُم مَّثَلٗا مِّنۡ أَنفُسِكُمۡۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِي مَا رَزَقۡنَٰكُمۡ فَأَنتُمۡ فِيهِ سَوَآءٞ تَخَافُونَهُمۡ كَخِيفَتِكُمۡ أَنفُسَكُمۡۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلۡأٓيَٰتِ لِقَوۡمٖ يَعۡقِلُونَ ٢٨
U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.1
Footnotes
  • [1] (Biz rizq qilib bergan ne'matga qulingiz ham sizga sherik bo`lishini xohlaysizmi? Yo`q. U qulni mazkur molu mulkingizning bir qismi hisoblaysiz. Uning mol-mulkingizdan chiqib ketishini ham xohlamaysiz. Alloh bergan rizqqa o`z qulingiz sherik bo`lishini xohlamas ekansiz, qanday qilib Allohga Uning O`zi yaratgan maxluqotlarini sheriklikka ravo ko`rasiz? Sherik bo`lish oson bo`libdimi? Siz o`z haqqingiz zoye bo`lishidan qo`rqqaningiz kabi, uning haqqi zoye ketishidan ham qo`rqishingiz mumkinmi? Hech mumkin emas. Shunday ekan, nima uchun Alloh taologa Uning O`zi yaratgan maxluqotlarni sherik qilasiz? Ushbu tafsilotlarni to`g`ri tushungan odamlar Allohga shirk keltirishning asosiy sababini anglab oladilar.)