Bas, sen haqqa moyil bo`lib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini o`zgartirib bo`lmas. Ushbu to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.1
Footnotes
[1]
(Mushrik, kofir va boshqalar havoyi nafsga ergashib, o`zlarinikini ma'qullayveradi, ularning barini e'tiborsiz qoldirib, haq dinga yuzlan. Alloh odamlarning asl tabiatlariga Islomni, yagona Allohga iymon keltirishni joylagan. Allohga shirk keltirish esa, insonning asl tabiatiga zid bo`lib, ilmsizlik va havoyi nafsga ergashish oqibatida paydo bo`ladi.)