Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ar-Rum — Ayah 41

30:41
ظَهَرَ ٱلۡفَسَادُ فِي ٱلۡبَرِّ وَٱلۡبَحۡرِ بِمَا كَسَبَتۡ أَيۡدِي ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعۡضَ ٱلَّذِي عَمِلُواْ لَعَلَّهُمۡ يَرۡجِعُونَ ٤١
Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar.1
Footnotes
  • [1] (Odamlardagi buzuq e'tiqod va tasavvurlardan fisqu fasod kelib chiqadi. Bu esa, o`z navbatida, quruqlikdayu dengizda buzg`unchilik ustun kelishiga sabab bo`ladi. Odamlar qilgan gunohlar va fisqu fasod o`zlarining boshlariga balo-ofat keltiradi. Bu musibatlar ularga tanbeh bo`lishi, zalolatdan hidoyatga, noto`g`ri yo`ldan qaytishlariga sabab bo`lishi kerak.)