Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ar-Rum — Ayah 46

30:46
وَمِنۡ ءَايَٰتِهِۦٓ أَن يُرۡسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتٖ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحۡمَتِهِۦ وَلِتَجۡرِيَ ٱلۡفُلۡكُ بِأَمۡرِهِۦ وَلِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَلَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ ٤٦
Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.1
Footnotes
  • [1] (Yomg`ir yog`ishini intiqib kutayotgan kishilar g`ir etgan shamoldan xursand bo`lishadi. Chunki tajribada yomg`irdan oldin uning shamoli kelishi aniqlangan. Odatda, yomg`irdan oldin esadigan shamol yomg`irga intizor bo`lib turganlar uchun xushxabarchi bo`ladi. Darhaqiqat, o`sha shamol bandalar Allohning rahmatidan totishlari uchun zarur bo`lgan yomg`irli bulutlarni olib kelayotgan bo`ladi. Yomg`ir yog`adi, hamma foydalanadi. Rizqi ro`z serob bo`ladi. Bandalar Allohning rahmatidan bahramand bo`ladilar. Shuningdek, avvallari tijorat va kasb-kor uchun safarni ixtiyor etgan kishilar dengiz safariga hozirlanib, yelkanli kemalarini tayyorlab, shamolni kutishgan. Ular uchun ham shamol xushxabarchi bo`lgan. Allohning amri ila yurgan kemada safar qilib, hojatlarini chiqarishgan, Allohning fazlidan rizqi ro`z talab qilishgan.)