Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ar-Rum — Ayah 54

30:54
۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِي خَلَقَكُم مِّن ضَعۡفٖ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعۡدِ ضَعۡفٖ قُوَّةٗ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعۡدِ قُوَّةٖ ضَعۡفٗا وَشَيۡبَةٗۚ يَخۡلُقُ مَا يَشَآءُۚ وَهُوَ ٱلۡعَلِيمُ ٱلۡقَدِيرُ ٥٤
Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir.1
Footnotes
  • [1] (Asli urug`laringiz nutfa deb atalmish bir tomchi jirkanch suvdir. U juda ham zaif narsa. Alloh O`z inoyati ila o`sha zaif suvdan homila paydo qiladi. Homila ham juda zaif bo`ladi. Tug`ilgan chog`ida ham inson bolasi eng zaif bola bo`ladi. Uzoq yillar o`zi mustaqil ravishda biror ish qila olmaydi. Shunday zaif odamni Alloh «so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan»dir. Allohdan o`zga hech kim unga bu quvvatni bermaydi. Vaqti-soati yetib inson qarib kuch-quvvatdan ketadi. Dunyo ana shunday. Undagi hamma narsa o`zgarib turadi. Bu o`zgarishlarning hammasini Alloh taolo bajaradi.)