Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Luqman — Ayah 10

31:10
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ بِغَيۡرِ عَمَدٖ تَرَوۡنَهَاۖ وَأَلۡقَىٰ فِي ٱلۡأَرۡضِ رَوَٰسِيَ أَن تَمِيدَ بِكُمۡ وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٖۚ وَأَنزَلۡنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءٗ فَأَنۢبَتۡنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوۡجٖ كَرِيمٍ ١٠
U, siz ko`rib turganingizdek, osmonlarni ustunsiz yaratgan, sizlarni tebratmasligi uchun yer yuziga og`ir tog`larni tashlagan va u(er)da har turli jonivorlarni taratib qo`ygan Zotdir. Va osmondan suv tushirib, u bilan u(er yuzi)da turli go`zal va karamli juftlarni o`stirib qo`ydik.1
Footnotes
  • [1] (Oyatda «o`simliklarni o`stirib qo`ydik», deyilmasdan, «karamli (go`zal va foydali) juftlarni o`stirib qo`ydik», deb aytilmoqda. Bu yerda, avvalo, o`simliklardagi go`zallik va foydaga ishora qilinyapti, qolaversa, ular juft bo`lishi ham bildirib qo`yilyapti. Allohning kitobida o`n besh asr ilgari zikr etilgan bu haqiqatga ilm yaqindagina yetdi. Har bir o`simlikda erkak va urg`ochi ho`jayralar bo`lib, ular bir-biri bilan chatishgandagina meva hosil bo`lishi endi tushunib yetildi. O`simliklarni bunday qilib yaratishga faqat Alloh qodirdir.)